FIFA Isroil jamoalariga sanksiya qo‘llamaydi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) shu yilning bahorida Falastin tomonidan ilgari surilgan talabga qaramay, Isroil jamoalarini xalqaro turnirlardan chetlamaslikka va ularga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka qaror qildi. Bu haqda “One” xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, bu qaror yakunda oktyabr oyi boshida bo‘lib o‘tadigan FIFA konferensiyasida tasdiqlanadi.

Yoz oxirida Xalqaro futbol federatsiyasi Falastin futbol assotsiatsiyasining Isroil futbol federatsiyasiga oid takliflariga mustaqil huquqiy baho olgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, ushbu baholash natijalari oktyabr oyidagi anjumanda muhokama qilish uchun FIFA kengashiga taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Xalqaro futbol federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing