FIFA Isroil klublarini musobaqalardan chetlatishi kutilmoqda
Sport
−
19 iyul
4779Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot kengashi yig‘ilishida Isroil jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
20 iyul kuni FIFA kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Advokat Maks du Plessis Isroil rasmiylarining Falastindagi harakatlari FIFA'ning asosiy maqsad va g‘oyalariga putur yetkazishi haqida hisobot tayyorladi. Hisobotda, shuningdek, Isroil inson huquqlarini poymol qilayotgani, mamlakat rasmiylari millatiga ko‘ra kamsitishlari, bu insonparvarlik maqsadlari va FIFA pozitsiyasiga zid ekanligi qayd etilgan.
May oyida Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jibril Rajup FIFA'dan Isroil futbol federatsiyasining tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatishni talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil parlamenti Falastin davlati tuzilishiga qarshi chiqqani xabar qilingandi.
LiveBarchasi