64 yoshli bemor vafot etdi. Ammo holat bo‘yicha barcha ma’lumotlar oshkor etilmayapti

Jamiyat

image

Koronavirusga chalingan jizzaxlik bemor vafot etdi. U 64 yoshda bo‘lgan. Mamlakatda o‘lim holatlarining rasmiy ko‘rsatkichi 116 taga yetdi. 

Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashagan 64 yoshli B.Sh. (erkak)da COVID-19 tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik asorati bilan kechgan.

Shuningdek bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, qandli diabet, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichi pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shuni e’tiborliki, Sog‘liqni saqlash vazirligi vafot etgan shaxsda qachon koronavirus aniqlanganidan tortib, uning qachon shifoxonaga yotqizilgani va hatto qachon vafot etganiga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing