FIFA 2022 yilgi Jahon chempionatini Qatardan olib qo‘yishi mumkin
Sport
−
21 iyun 2019
6777Futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati Qatar davlatida o‘tkazilmasligi mumkin. Bu haqda "Championat.com" nashri xabar tarqatdi. Eslatib o‘tamiz, nufuzli musobaqaning Qatarda o‘tkazilishi haqidagi qaror 2010 yilning 2 dekabrida Syurrixda e’lon qilingan edi.
Qatar chempionatni o‘zida o‘tkazish uchun mutasaddilarga pora bergan bo‘lishi mumkin. Agar bu kabi ayblovlar tasdiqlansa, musobaqa mezbonligi o‘zgartirilishi mumkin. Ayni paytda FIFA Qatar bilan jahon chempionati mezbonligini mamlakatda saqlab qolish uchun maxfiy muzokaralar o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi Jahon chempionatini o‘zida qabul qilish uchun Qatardan tashqari AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya davlatlari davogarlik qilgan edi.
LiveBarchasi