FIDE Jahon kubogida sensatsiya: Nodirbek Abdusattorov Anish Girini mag‘lub etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan FIDE Jahon kubogining 1/32 final bosqichida O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. 

O‘zbekistonlik yosh grossmeysterlar Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov reytingda o‘zlaridan yuqorida joylashgan shaxmatchilarni mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi. Sindorov perulik Xorxe Kori ustidan ikki o‘yinda 1,5:0,5 (bir g‘alaba, bir durang) hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Abdusattorov turnirning asosiy favoritlaridan biri FIDE reytingining 6-pog‘onasida borayotgan, niderlandiyalik Anish Girini “tay-brek”da (ikki g‘alaba, ikki durang) taslim qildi. Bu esa, o‘ziga xos sensatsiya sifatida qayd etildi.

Jahongir Vohidov 1/16 final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan ilk bahsda rossiyalik Pavel Ponkratovni mag‘lubiyatga uchratganiga qaramasdan, keyingi uch o‘yinda imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

16 yoshli Sindorov 4-bosqichda polshalik xalqaro grossmeyster Piorun Kasper bilan, 17 yoshli Abdusattorov esa ozarbayjonlik Vasif Durarbayliga qarshi dona suradi.

Turnirning yana bir sensatsiyasi reytingning ikkinchi raqamli shaxmatchisi AQSHlik Fabiano Karuananing mag‘lubiyati bo‘ldi. U qozog‘istonlik Rinat Jumaboyev qarshiligini sindira olmadi — 0,5:1,5.

Ma’lumot o‘rnida, umumiy mukofot jamg‘armasi 1 892 500 dollarni tashkil qiluvchi musobaqa g‘olibi 110 000 dollarga ega bo‘ladi. Musobaqa 8 avgustga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Vohidov Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov FIDE Jahon kubogi Fabiano Karuana

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing