FIDE Jahon kubogi: bir nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi keyingi bosqichda

Sport

image

Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan FIDE Jahon kubogi ikkinchi bosqichining erkaklar o‘rtasidagi ikkinchi bosqich bellashuvlarida o‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan 5 nafar shaxmatchi o‘z o‘yinlarini yakunladi. 

Nodirbek Abdusattorov hindiston vakili Aravind Chitambaramni mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Nodirbek Yoqubboyev  chexiyalik David Navarraga, Shamsiddin Vohidov o‘zidan reytingi ancha baland, rossiyalik Sergey Karyakinga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. 

Javohir Sindorov (O‘zbekiston) — Alirizo Firuzja (Fransiya) hamda Jahongir Vohidov (O‘zbekiston) — Perez Domingez (AQSH) o‘rtasidagi har ikki bellashuv durang natija bilan yakunlangani bois g‘olib “tay-brekda” aniqlanadi. Bahslar bugun, 17 iyun kuni o‘tkaziladi.

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda AQSH nomidan ishtirok etayotgan 22 yoshli Gulruhbegim Tohirjonova dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi hisoblangan rossiyalik 23 yoshli grossmeyster Aleksandra Goryachkinaga yutqazib qo‘ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Ular o‘rtasidagi birinchi bellashuvda ham Aleksandra g‘alaba qozongan edi.

O‘zbekiston nomidan bahslarda qatnashgan Nilufar Yoqubboyeva hamda Umida Omonova o‘z yurishini ancha erta yakunlagan edi. Yoqubboyeva perulik Deysi Kori Telioga, Omonova esa reytingi ancha yuqori bo‘lgan Mo‘g‘uliston terma jamoasi a’zosi Batxi Mongontuulga imkoniyatni boy berib, ilk bosqichdayoq turnirdan chiqib ketgan edi.

Ma’lumot uchun, FIDE (Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi) Jahon kubogi bahslari joriy yilning 11 iyulidan 8 avgust kuniga qadar Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilmoqda. Umumiy sovrin jamg‘armasi 2 000 000 dollardan ziyod bo‘lgan musobaqada dunyoning eng kuchli 206 nafar erkak, 103 nafar ayol shaxmatchilar ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Vohidov Nodirbek Yoqubboev Shamsiddin Vohidov Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov Gulruhbegim Tohirjonova FIDE Jahon kubogi

Baholaganlar

20

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing