FIDE rus shaxmatiga Osiyodan “joy berdi”
Sport
−
22 fevral 2023 4463 1 daqiqa
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Rossiya shaxmat federatsiyasining Osiyoga o‘tish bo‘yicha so‘rovini qabul qildi. Bu haqda tashkilot o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
21 fevral kuni FIDE Rossiya shaxmat federatsiyasining Osiyo shaxmat federatsiyasi (ACF) tarkibiga qo‘shilish yuzasidan qilingan hisobotini ko‘rib chiqdi. 28 fevral kuni Abu-Dabida o‘tkaziladigan FIDE assambleyasida Rossiya shaxmat federatsiyasi ACF'ga qo‘shilgani rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Rossiyaning ACF'ga qo‘shilishi ularni Yevropa shaxmat ittifoqi a’zoligidan chiqishini bildiradi.
Qayd etilishicha, bir vaqtning o‘zida ikkita qit’a federatsiyasida faoliyat yuritish mumkin emas.
Live
Barchasi