FIDE reytingi yangilandi. O‘zbek shaxmatchilarining o‘rni qanday?
Sport
−
03 mart
2149Jahon shaxmat federatsiyasi fevral oyi uchun reytingni yangiladi. Ushbu yangilangan reytingda kuchli 100 shaxmatchidan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeysterlar.
Reytingda Nodirbek Abdusattorov 2773 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni band etdi. U o‘tgan oyda ham shu o‘rinda qayd etilgan edi. Bu oyda Abdusattorovning ochkolari 7 taga ko‘paygan.
Javohir Sindorov esa 29-o‘ringa ko‘tarildi. U avvalgi oyda 31-o‘rinda edi. Sindorov reyting ochkolarini 2707 ochkoga yetkazdi. Eng kuchli shaxmatchilar reytingidan Rustam Qosimjonov ham o‘rin olgan. Tajribali shaxmatchi 2675 ochko bilan 49-o‘rinda qayd etilgan. Nodirbek Yaqubboyev bu oyda 2654 ochko jamg‘arib, 71-o‘rinni band etdi.
Yoshlar o‘rtasidagi reytingda Javohir Sindorov kuchli uchlikdan joy oldi. U 2707 ochko jamg‘argan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

