FIDE'ning yangilangan reytingida o‘zbek shaxmatchilari nechanchi o‘rinda?

Sport

image

Jahon shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning iyun oyi uchun yangilangan reytingi e’lon qilindi. Ayni damda kuchli yuzlikda yosh va yo‘nalishlar bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi qayd etilgan.

Unga ko‘ra, grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 24-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lsa, grossmeyster Rustam Qosimjonov 67-o‘rin, grossmeyster Javohir Sindorov 82-o‘rindan joy oldi.

Shuningdek, eng kuchli  20 yoshgacha  shaxmatchilar yuzligidan 5 nafar O‘zbekiston vakili  o‘rin olgan. 

Yosh jihatidan reytingning 3-o‘rinida 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov, 9-o‘rinda  18 yoshli Javohir Sindorov va 81-o‘rinda 17 yoshli Muhiddin Madaminov, qizlar o‘rtasida esa 35-o‘rinda 14 yoshli Afruza Hamdamova hamda 40-o‘rinda 17 yoshli Umida Omonova ko‘rsatilgan.

Shaxmatning rapid yo‘nalishida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kuchlik yuzlikdan o‘rin egalladi. Ular, 26-o‘rinda Nodirbek Abdusattorov va 58-o‘rinda Rustam Qosimjonov.

Rapid bo‘yicha 20 yoshgacha shaxmatchilar kuchli yuzligiga 5 nafar O‘zbekiston vakili kiritilgan. 

Unda 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinda, 18 yoshli Javohir Sindorov 7-o‘rinda va 17 yoshli Muhiddin Madaminov 54-o‘rinda, qizlar o‘rtasida esa 17 yoshli Umida Omonova 14-o‘rinda hamda 14 yoshli Afruza Hamdamova 37-o‘rinda qayd etilgan.

Shu bilan birga, blits yo‘nalishida 1 nafar O‘zbekiston vakili reyting yuztaligidan o‘rin olgan. U ham  bo‘lsa 25-o‘rin bilan Nodirbek Abdusattorov.

Blits yo‘nalishida 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar yuzligidan 5 nafar o‘zbek sportchisi kiritilgan.

Reytinda 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin, 18 yoshli Javohir Sindorov 11-o‘rin va 17 yoshli Muhiddin  Madaminov 28-o‘rin, qizlar o‘rtasida esa 17 yoshli Umida Omonova 5-o‘rin hamda 14 yoshli Afruza Hamdamova 8-o‘rinda ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov Rustam Qosimjonov FIDE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing