FIDE 2028 yilgi Nomzodlar turniri saralash tizimini o‘zgartirdi

Sport

image

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Kengashi 2028 yilda erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan Jahon shaxmat nomzodlari turniri uchun saralashning yangi formatini tasdiqladi. Bu haqda federatsiyaning rasmiy saytida xabar berildi.

Yangi tartibga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Grand Swiss, Total Chess, Jahon kubogi va FIDE sikli musobaqalarining eng yaxshi ikki nafar ishtirokchisi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi.

Ayollar o‘rtasida esa Grand Swiss, Gran-pri, Jahon kubogi va FIDE sikli musobaqalarining eng yaxshi ikki nafar ishtirokchisi Nomzodlar turnirida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Shu bilan birga, avvalgi saralash siklida amal qilgan reyting orqali yo‘llanma berish tizimi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, erkaklar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionligi uchun bahs 2026 yil 23 noyabrdan 17 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘zbekistonlik Javohir Sindorovga qarshi dona suradi. Sindorov Nomzodlar turniri g‘olibi sifatida ushbu bahsda ishtirok etadi.

Ayollar o‘rtasidagi Nomzodlar turnirida hindistonlik Rameshbabu Vayshali g‘olib chiqqan. Amaldagi jahon chempioni esa xitoylik Ju Venszyun hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing