Fevralning oxirgi haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduz kuni harorat 18-21 daraja iliqqacha ko‘tariladi, ushbu kun me’yoridan 7-9 darajaga yuqoridir.

Ertadan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, bu iqlimiy me’yordan yuqoridir.

Poytaxtda hafta davomida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, faqat 25 fevral, juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

922

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing