Fevralda O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi
Jamiyat
−
06 aprel 2022
12163Joriy yilning fevral oyida dunyo bo‘ylab markaziy banklar jami 6 tonna oltin sotdi. Bu 2020 yildan beri kuzatilmagan sof sotuvlar uchun ketma-ket ikkinchi oydir. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma’lum qildi.
Biroq, yil boshidan beri jami 18 tonnaga kamayganiga qaramay, jahon oltin zaxiralari hanuzgacha 35,6 ming tonnadan oshadi, bu 1990 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Ta’kidlanishicha, fevral oyida faqat oz miqdordagi banklar faol bo‘lgan, bir yoki ikkita bank yana sezilarli o‘zgarishlar bilan hukmronlik qilgan.
O‘zbekiston bu oyda eng ko‘p sotuvchi bo‘lib, oltin zaxiralarini 22 tonnaga qisqartirib, 339 tonnaga yetkazgan, bu esa 2020 yil dekabr oyidan beri oltin zaxiralarining eng past darajasidir. Aytilishicha, bu O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi birinchi yirik bitimi emas.
“Boshqa markaziy banklarning sof sotuvini oddiy deb atash mumkin. Qozog‘iston yanvardagi 17 tonnadan so‘ng fevral oyida yana 5 tonna oltin sotdi. Mamlakatning oltin zaxiralari hozirda 380 tonnani tashkil etadi, bu 2020 yil iyunidan beri eng past ko‘rsatkichdir”, deyilgan maqolada.
Qayd etilishicha, Qatar (6 tonna), Mo‘g‘uliston (1 tonna) va Germaniya (1 tonna) bu oyning boshqa muhim sotuvchilari bo‘lgan.
“Turkiya fevral oyida o‘z zaxiralariga 25 tonna oltin qo‘shib, sof xaridorlar orasida ustunlik qildi. Shunday qilib, yil davomida xaridlar 35 tonnadan oshdi, umumiy oltin zaxiralari esa 429 tonnagacha oshdi”, deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, fevral oyida Hindiston 2,6 tonna oltin sotib olib, umumiy zaxirasini 758 tonnaga yetkazgan. Rivojlangan bozorda yagona faol xaridor bo‘lgan Irlandiya bir oy ichida o‘z zaxiralariga 1 tonna oltin qo‘shgan. Mamlakatning jami oltin zaxiralari hozirda 11 tonnadan ortiqni tashkil etadi, bu Irlandiya Markaziy banki oltin sotib olishni boshlagan 2021 yil avgust oyining oxiriga nisbatan 88 foizga ko‘p.
LiveBarchasi