Fevral oxiridagi sovuq Surxondaryodagi ekinlarga qancha zarar yetkazgani hisoblandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyatida joriy yilnng 25—26 fevral kunlari kuzatilgan sovuq oqibatida mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda o‘tlari zararlangan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda Gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli meteostansiya va agrometeorologik post kuzatuvlari o‘tkazilgan. 

Sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari quyidagicha zararlangan:

•    bug‘doy — 10 foizgacha;
•    beda — 10 foizgacha;
•    bodom — 30 foizgacha;
•    o‘rik — 80 foizgacha;
•    olma — 30 foizgacha;
•    gilos — 25 foizgacha;
•    shaftoli — 10 foizgacha;
•    tut daraxti — 5 foizgacha.

Uzum va anor daraxtlariga sovuq ta’sir qilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

sovuq

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing