FETOga a’zolikda gumonlangan futbolchi ishida jiddiy burilish
Olam
−
13 fevral 2019
7325Turkiyalik mashhur futbolchi Emre Belozo‘g‘luning FETO terrorchilik tashkilotiga aloqadorligi yuzasidan olib borilayotgan tergovda jiddiy burilish yuz berdi. Bu haqda “Sabah” nashri xabar berdi.
O‘tgan haftalarda Istanbul Og‘ir jazo sudida ko‘rilayotgan “Futbolda FETO” ishi prokuratura yuborgan xat bilan muxrlangan.
Maktubda Hakan Unsal, Ertug‘rul Sag‘lam, Arda Turan, Okan Buruk va Bulent Qo‘rqmaz kabi futbolchilar ayblanuvchilar ro‘yxatiga karitilmagani, biroq tergov bir futbolchi Emre Bulozo‘g‘lu bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilgani aytilgan.
Emre Belozo‘g‘lu to‘g‘risida olib borilgan surishtiruvlar vaqtida hayratlanarli dalillar o‘rtaga chiqqan. Belozo‘g‘lu ishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan yashirin guvoh futbolchi terrorchi tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan 2 mln turk lirasini Osiyo bankidagi hisobga joylashtirganini aytgan.
Yashirin guvoh ko‘rsatmasida Belozo‘g‘lu 2 mln turk lirasini boshqa bir kishi nomidan bankka joylashtirganini, u bu ma’lumotni 2017 yilda hibsga olingan tashkilot a’zosi Ahmet Musabdan eshitganini prokuraturaga aytgan.
Ahmet Musabni terror tashkilotida muhim kishi ekanini ta’kidlagan guvoh 2 mln turk lirasi diqqatni tortmaslik uchun bo‘lib-bo‘lib hisobga joylashtirilganini qayd etgan.
Prokuratura Emre Belozo‘g‘lu 2 mln turk lirasini boshqa kishilar nomidan Osiyo bankiga joylashtirib, joylashtirmagani bo‘yicha tekshiruvlarni boshlagan.
Ma’lumot uchun, Emre Belozo‘g‘lu Istanbulning “Bashakshehir” klubida to‘p suradi. U faoliyati davomida “Fenerbahche”, “Galatasaroy”, “Inter”, “Atletiko Madrid” va “Nyukasl Yunayted” kabi nomdor klublarda o‘ynagan. 2004 yilda FIFA 100 ro‘yxatiga kiritilgan. U Turkiya terma jamoasida ham o‘ynagan. Terma jamoa safida Jahon va Yevropa chempionatlarining bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 15 iyul kuni Turkiyada bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishi o‘tkazishga urindi. Muvaffaqiyatga uchragan to‘ntarish natijasida 250 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Ularning orasida oddiy aholi vakillari ham bor. Davlat to‘ntarishiga urinishda Turkiya hukumati Fathulloh Gulen va uning FETO tashkilotini aybdor deb topdi. Mamlkatda ulkan “tozalash” ishlari boshlandi. Davlatning turli idoralarida ishlagan yuz minglab odamlar yo ishdan bo‘shatildi, yo hibsga olindi.
Kuni kecha ham Turkiyada politsiya xodimlari imtihoni vaqtida firibgarliklarga qo‘l urilgani yuzasidan 1112 kishini hibsga olish haqida qaror chiqarilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi