FETO mojarosi: 171 kishi hibslandi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Bosh prokuraturasi birdaniga 260 kishini hibslashga doir qaror qabul qildi. Ular FETO terroristik guruhi rahnamoligidagi maxfiy va kodlangan ByLock muloqot dasturidan foydalanganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar bermoqda. 

260 kishidan 7 nafari mamlakat tashqarisida ekani aniqlangan. 171 nafari esa Anqara shahrida politsiya tomonidan bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan operatsiyada hibslangan. Davlat va nodavlat moliyaviy kompaniyalar xodimlari bo‘lgan gumonlanuvchi shaxslar avval tibbiy ko‘rikka, so‘ng huquq-tartibot organlariga olib ketilgan. 

Gumonlanuvchilarni qo‘lga olish jarayonida politsiya juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilgani, ByLock dasturidan foydalangan kishilarning bu dasturdan qanday maqsadda foydalanganini sinchiklab surishtirgani aytilmoqda. Ushbu dasturdan foydalangani aniq bo‘lgan gumonlanuvchilar vaqtincha hibsxonaga olib ketilgan. 

Ushbu muloqot dasturi ortidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari davomida Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning huzuridagi shifoxonalarda ishlagan 18 kishi ByLock dasturidan foydalangani aniqlangan. Ularning 5 nafari hamon vazirlikda ishlab kelayotgani aytilmoqda. Bosh prokuraturadan berilgan ma’lumotga ko‘ra, FETOga qarshi olib borilayotgan tergovda 18 kishidan 10 nafari shifokorlar bo‘lib chiqqan. Ayni vaqtda gumonlanuvchilarning 10 nafari qo‘lga olingan. 

Ma’lumot o‘rnida, ByLock Whats app, Telegram messenjerlari kabi muloqot dasturi bo‘lib, Turkiyada undan FETO terroristik guruhi foydalanib kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya FETO

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing