Ferran Torres PSJga o‘tishga rozilik berdi

Sport

image

Ispaniya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ferran Torres “Barselona”dan Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Luka Bendoni xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham “Barselona” bilan shartnomani uzaytirish borasida yuzaga kelgan muammolar tufayli ushbu transferga qiziqish bildirgan. Torresning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.

26 yoshli Torres 2022 yildan buyon “Barselona” safida to‘p surib kelmoqda. U klub bilan uch marta Ispaniya chempionligi, bir marta Ispaniya Superkubogi va bir marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan.

Futbolchi faoliyati davomida “Valensiya” va Angliyaning “Manchester Siti” klublarida ham o‘ynagan. “Manchester Siti” bilan Angliya Premer-ligasi va Angliya Liga kubogida g‘olib chiqqan bo‘lsa, “Valensiya” safida Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan.

Ispaniya milliy terma jamoasi bilan esa 2024 yilgi Yevropa chempionati hamda 2023 yilgi Millatlar ligasida chempion bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing