Fernando Torres: “Saloh – dunyoning eng yaxshi futbolchisi”

Sport

image

“Liverpul” klubining sobiq hujumchisi Fernando Torres mersisaydliklarning misrlik futbolchisi Muhammad Saloh haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Torres Muhammadni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilishini tan oldi.

“Dunyoning eng yaxshi futbolchisi? 100% Saloh. Menimcha, u nafaqat bu mavsumda, balki oxirgi 2-3 yildan beri ajoyib o‘yin namoyish etib kelmoqda. Ko‘pincha, futbolchilarning individual mukofotlari, jamoasi bilan yutgan sovrinlari muhokama qilinadi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Muhammad oxirgi 5-6 yil ichidagi dunyoning eng yaxshi 2-3 futbolchisidan biri edi. Unda ajoyib barqarorlik bor.

Muhammad ko‘plab rekordlarni yangiladi, gol urishda davom etmoqda. Men u bilan ba’zan gaplashib turaman va uning erishayotgan natijalaridan juda xursandman. Men Salohni Angliyaga kelgandan so‘ng taniganman. Avvaliga unga qiyin bo‘ldi, lekin Muhammad barcha qiyinchiliklarni ortda qoldirib, o‘ziga xos futbolchi ekanligini isbotladi. Hozirda dunyoning har bir chekkasida Salohning muxlislari bor”, deya Torresning so‘zlarini keltiradi “Liverpul” matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Saloh Angliya Premer ligasining 2021/22 yilgi mavsumida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing