Fyodor Yemelyanenko Mayk Tayson bilan jang qilmoqchi

Sport

image

Rossiyalik MMA afsonasi Fyodor Yemelyanenko amerikalik taniqli bokschi Mayk Tayson bilan jang qilmoqchi. Bu haqda sport ustasining o‘zi “The MMA Hour” podkastida ma’lum qildi.

Aralash yakkakurashlar yulduzi sportdagi keyingi rejalarini ochiqladi. E’tiborlisi u endilikda MMA bilan butunlay xayrlashmoqchi va o‘zini boshqa sportda sinab ko‘rish istagida.

“Men endi MMA’ga hech qachon qaytmayman, chunki va’da berganman. Lekin men boksga qiziqaman va o‘zimni shu sportda ham sinab ko‘rmoqchiman. So‘nggi jangimdan keyin skelet muskullarimni ushlab turishi uchun o‘zimni muammoli joylarga ura boshladim va boksni o‘rganib chiqdim. Biz allaqachon bu masala ustida ishlayapmiz, hatto turli tashkilotlarga xat bilan chiqdik”, deydi Yemelyanenko. 

Shuningdek, sportchi ringda kim bilan jang qilish orzusidaligini ham aytib o‘tdi.

“Men kim bilan jang qilishni orzu qilamanmi? Bilasizmi, biz Mayk Tayson va Roy Jons jangi guvohiga aylandik. Bu ajoyib to‘qnashuv edi. Menimcha Mayk bilan jang hamma uchun qiziqarli bo‘lsa kerak”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Fyodor Yemelyanenko MMA'dagi professional faoliyati davomida 47 ta jangda ishtirok etgan bo‘lib, ularning 40 tasida g‘alaba qozongan va 7 marta raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. U so‘nggi jangini joriy yilning 5 fevral kuni AQSHdagi Bellator 290 turnirida Rayan Beyderga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut evaziga yutqazib qo‘ygan edi. Yemelyanenko mazkur jangdan so‘ng rasman faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Mayk Tayson Fyodor Emel'yanenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing