Kelin o‘z uyidan 7 ming dollar o‘g‘riladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 yanvar kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida tug‘ilgan X. M. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda “Postda” xabar berdi.

U bir kun avval uning yotoqxonasidagi sandiq ichidan 7 ming AQSH dollarini noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida ushbu jinoyatni arizachining birga yashovchi kelini sodir etganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro ichki ishlar

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing