“Fazilat xonim”dan “Disko raqqosi”gacha. Toshkent xalqaro kinofestivalidan eksklyuziv fotoreportaj

Madaniyat-san’at

image

Yuzlab chiroqlar, klassik musiqa va afsonaviy qizil yo‘lak... Ushbu yo‘lakdan kirib kelgan yulduzlarni ko‘pchilik juda yaxshi taniydi. Turkiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Italiya, AQSH va yana bir qator mamlakatlardan siz bilgan dunyoning mashhur kinoijodkorlari hamda taniqli aktyorlar XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida poytaxtga kelishgan. Ular kecha, 28 sentyabr kuni “Ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivalining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Mazkur festival 1968 – 1997 yillarda “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivali” nomi bilan o‘tkazilgan. Festivalda har yili mashhur rejissyorlar, aktyorlar va boshqa kinoijodkorlar ishtirok etishgan. 24 yillik tanaffusdan so‘ng ushbu festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklandi va “Ipak yo‘li durdonasi” nomi bilan o‘tkazilishi boshlandi.

“Ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi xalq orasida “Kinochilar uyi” – Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tdi. Majmua hududida 1890 o‘ringa mo‘ljallangan kino va konsert zali ham mavjud bo‘lib, chet eldan tashrif buyurgan kinoijodkorlar hamda o‘zbek kinoyulduzlari ishtirokidagi bayram tadbiri aynan shu yerda bo‘lib o‘tdi.

Feliz AhmetErjan Kesal va Nazan Kesal

Festivalning ochilish marosimida jahon va milliy kinoning mashhur yulduzlari qatnashdi. Xususan, 400 ga yaqin xorijlik kinoijodkorlar va dunyoning 37 mamlakatidan 55 nafar taniqli kinoyulduzlar festival mehmoni bo‘ldi. Ular orasida o‘zbek kinoixlosmandlari uchun juda yaxshi tanish bo‘lgan aktyorlar ham bor. Jumladan, “Ishkomli uy” hamda “Istanbullik kelin” teleseriallaridagi roli orqali o‘zbek tomoshabini qalbiga kirib borgan O‘zjan Deniz (Seyman, Faruk), “Sevgi iztirobi” serialida suratga tushgan Melisa Asli Pamuk (Asu), “Muhtasham yuz yil”da Nigor Xalfa roli ijrochisi Feliz Ahmet, “Fazilat xonim va qizlari” teleseriali bosh qahramoni Nazan Kesal (Fazilat xonim), “Chuqur” serialidan Dilan Chichek (Sena Kochavali); Hindistondan Mithum Chakraborti, Randhir Kapur, Roman Irani Kapur, Richa Chadda, Huma Qureshi, Aditi Rao, gollivud yulduzi Stiven Sigal ishtirok etdi.

Melisa Asli PamukErkan Koljan Ko'stendilDilan ChichekDogukan Erkan Kutlu

Shuningdek, festivalda rossiyalik taniqli xonanda Filipp Kirkorov va turkiya pop-yulduzi Sardor O‘rtach ham ishtirok etdi. 

Sardor OrtachFlipp KirkorovStiven SigalRandhir KapurBoman Irani KapurKunad KapurAditi Rao

Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi. U Prezident Shavkat Mirziyoyevning kinofestival mehmonlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Festival joriy yilning 28 sentyabridan 3 oktyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

800

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing