Fayzullajon Qosimov Bosh vazir kotibiyatiga o‘tdi
Jamiyat
−
21 fevral 2024 14718 1 daqiqa
Fayzullajon Sa’dullayevich Qosimov Bosh vazir kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Fayzullajon Sa’dullayevich Qosimov Bosh vazir kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Fayzullajon Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Farg‘ona viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lanishini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.
Sarvar Xurramov
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust