Fayzullayev va Bellingem dunyoning eng zo‘r yosh o‘yinchisi sovriniga da’vogarlik qilmoqda
Sport
−
13 dekabr 2023
15228O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasining (IFFHS) “2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi.
Sovringa da’vogarlarning umumiy ro‘yxatida “Real” a’zosi Jud Bellingem, “Barselona” futbolchisi Gavi, “Bavariya” hujumkor yarim himoyachisi Jamol Mutsiala va boshqa bir qator top futbolchilarni ko‘rish mumkin. Ro‘yxatdan jami 26 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Sovrin IFFHS'ga a’zo bo‘lgan 120 ta mamlakatning futbol ekspertlari ovoziga ko‘ra o‘z egasini topadi.
20 yoshli Fayzullayev joriy mavsum Moskva klubi safida umumiy 18 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 2 million yevroni tashkil etadi.