Fayzullayev SSKAning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev SSKAning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida o‘zbekistonlik futbolchi 46 foiz ovoz to‘pladi. Bu borada Abbosbek 23 foiz ovoz yig‘gan Temurlan Musayev va 10 foizlik natijaga ega bo‘lgan Fyodr Chalovni ortda qoldirdi.

20 yoshli Fayzullayev bungacha bir necha marta klubida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Ortda qolgan mavsum futbolchi “armiyachilar” safida 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Rossiya chempionatining ramziy jamoasiga kiritilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing