Fayzullayev SSKAda oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev o‘zi to‘p tepadigan Rossiyaning SSKA klubida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

21 yoshli futbolchi sentyabr oyida “armiyachilar” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ovoz yig‘ish jarayonlarida o‘zbekistonlik vunderkind 53 foiz ovoz to‘pladi. Uning yaqin ta’qibchisi Ivan Oblyakov 18 foiz bilan 2-o‘rinni band etdi.

Joriy mavsum yarim himoyachi SSKAda jami 13 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi. Fayzullayev bungacha bir necha marotaba SSKAda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev jarohati sabab O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing