Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasiga boshliq tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ravshan Haydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, shu kunga qadar ushbu lavozimni egallab turgan Kabul Berdiyev lavozimidan ozod etildi. 

Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov 1999-2001 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2002 yil 16 maydan 28 noyabrgacha O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2002 yil 28 noyabrda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangan. 2004 yil 26 noyabrda ushbu lavozimdan ozod etilgan. 2021 yil 9 fevralda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyevning buyrug‘i bilan 12 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov akademiya vazirlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing