Favqulodda vaziyatlar vaziriga matbuot kotibi tayinlandi

Jamiyat

image

Katta leytenant Murod G‘aniyevich Sodiqov Favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.

Murod Sodiqov 1984 yilda Qozog‘izton Respublikasi Jambul viloyatida tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda O‘zbekiston Davlat san’at institutini tamomlagan. 2004 yildan 2019 yilgacha O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining markaziy telekanallarida turli lavozimlarda ishlagan.

Oxirgi ikki yil davomida “O‘zbekiston 24” telekanalida teleboshlovchi va siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida vazirlik Matbuot xizmati boshlig‘i sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

FVV tayinlov

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing