Favqulodda holat: Sibir o‘rmonlari yonmoqda
Olam
−
30 iyul 2019
4435Rossiyaning Sibir o‘lkasida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Shu bois Irkutsk, Krasnoyarsk, Buryatiya va Yakutiyaning alohida hududlarida “Favqulodda holat” e’lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Bugungi kun holatida o‘rmon yong‘inlarining umumiy maydoni 2,7 milliongektarni tashkil qiladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 12 %ga ko‘p.
Bosh vazirning tabiat resurslari bo‘yicha o‘rinbosari Dmitriy Kobilkinning aytishicha, bu yilgi o‘rmon yong‘inlarining asosiy sababi – yuqori havo haroratining (+30 dan yuqori) uzoq muddat davomida saqlanib turishi, yog‘ingarchilik kamligi va quruq chaqmoqlar.
Mutaxassislar Sibir va Tayga o‘rmonlarida 500dan ortiq yong‘in o‘choqlarini aniqlashgan. Asosiy o‘rmon yong‘ini paydo bo‘lgan hududlar aholi yashaydigan punktlardan yiroq, texnika yetib borishi qiyin bo‘lgan joylarda ekani sabab ularni o‘chirishning imkoni yo‘q.
Ayni damda Favqulodda vaziyat vazirligining 95% xodimlari va kuchlari ushbu yong‘inlarni o‘chirishga safarbar qilingan. Rossiya Gidrometeorologiya markazi tutunlar tarqalishini nazorat qilib, aholi punktlarida havo tozaligini tekshirib bormoqda.
LiveBarchasi