Fati operatsiyaga rozi bo‘ldi. U ikki oy maydonga tusha olmasligi mumkin

Sport

image

Bugun, 9 noyabr kuni “Barselona” yarim himoyachisi Ansu Fati chap tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Klub operatsiyadan keyin futbolchining sog‘ayish vaqti haqida hisobot berishga va’da berdi.

"Operatsiya tugagandan so‘ng, biz uning natijasi va futbolchining tiklanishining taxminiy davri to‘g‘risida xabar beramiz", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi La Ligada Betisga qarshi uchrashuvning birinchi taymida jiddiy jarohat oldi.

Avvalroq, Fati agar jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lsa, 2021 yilning yanvariga qadar maydonga tush olmasligi ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ansu Fati

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing