Fati “Bavariya” bilan o‘yingacha maydonga qaytadi
Sport
−
01 dekabr 2021
2389“Barselona” hujumchisi Ansu Fati tez orada jarohatidan forig‘ bo‘ladi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik futbolchi joriy yilning 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Bavariya”ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuviga qadar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli iqtidor egasi Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi o‘yinda (3:3) chap sonining biseps mushaklaridan jarohat olgan edi. Fati 2019 yildan beri “ko‘k-anorranglilar”ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda hujumchi 5 ta o‘yinda maydonga tushgan va raqilar darvozasini 3 bor ishg‘ol qilgan.
Ma’lumot uchun, “Barselona” La ligada 14 o‘yindan so‘ng, 23 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinni egallab turibdi. Musobaqa peshqadami “Real Madrid” hisobida esa 33 ochko mavjud.