Fati “Barselona”ni tark etishi mumkin

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Ansu Fati klubni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati Fatining otasi Fati Boraning ommaviy bayonotlaridan norozi. Fati Bora ham “Barselona”dan norozi bo‘lmoqda. U Ansu klubni tark etishi kerak, deb hisoblamoqda, chunki futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi.

Qayd etilishicha, Ansu Fatiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi o‘yin amaliyoti ko‘proq berilsa, “Barselona”da qolishga ham qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Ansu Fati “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 9 yoshidan beri jamoa tizimida to‘p surib keladi. Hujumchi joriy mavsumda 40 o‘yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Ansu Fati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing