Farzandini hojatxonaga tashlagan ayolning nomusiga kim tekkandi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ayol o‘z farzandini bozor hojatxonasida dunyoga keltirib, so‘ng uni o‘sha hojatxonaga tashlab ketgani haqida xabar bergan edik. 

Asli Surxondaryoning bosh tumanidan bo‘lgan F.T. avvaliga bolasi kutilmaganda tug‘ilgani, uni o‘lik tug‘ildi, deb o‘ylaganini aytgandi. Oradan vaqt o‘tib haqiqatlar o‘rtaga chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘z farzandini hojatxonaga tashlagan ona bu ishni o‘z onasi, ya’ni chaqaloqning buvisi bilan bamaslahat qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha oilada 6 farzand – 2 nafar o‘g‘il, 4 nafar qiz ulg‘aymoqda. F.T.ning ma’lumoti o‘rta-maxsus, otasi ishlashga ruxsat bermaganligi uchun uyida tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Uning nomusiga amakisining o‘g‘li 1990 yilda tug‘ilgan o‘zi bilan bir mahallada yashovchi A.T. tekkan.

Bola 02.07.2019 yilda tug‘ilgan, onasi va o‘zidan boshqa hech kim bilmagan. Otasi va aka-ukasidan qo‘rqqanidan, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnidan uyalganidan onasi bilan kelishgan holda bolani yo‘q qilish uchun shu yo‘lni topgan. Bola  hojatxona yangi tozalanganligi va orqa tomoni bilan tushganligi sababli va o‘z vaqtida topilib, tibbiy yordam ko‘rsatilganligi uchun tirik qolgan, hozirda salomatligi yaxshi.

“Tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi oiladan xabar oldi. Oila mahallaning oddiy oilalaridan. Otasi ham, oila a’zolari ham voqeadan xabar topgach, yana bir xatolikka yo‘l qo‘yib qo‘ymasligi uchun ularga vaziyatni boricha qabul qilishi va yana keskinlashtirmasligi tushuntirildi. Hozir vaziyat nazoratga olindi, bolaga guvohnomani rasmiylashtirish chorasi ko‘rilmoqda”, deydi Surxondaryo viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mavluda Qobulova. 

Eslatib o‘tamiz, chaqaloq Denovdagi “Xabibobod” bozorida joylashgan ayollar hojatxonasida dunyoga kelgan. F.T, bolaning kindigini qo‘li bilan uzib, uning yuziga ham qaramay hojatxona o‘rasiga uloqtirgan. Oradan ko‘p o‘tmay, chaqaloq yig‘isi hojatxonadagilarga eshitilgan. Uni hojatxona o‘rasidan profilaktika inspektori Akbar Yoqubov chiqarib olib, yuvuntirgan va dastlabki yordamni ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

410

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing