O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 13 nafarga yetdi

Jamiyat

image

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq dastlabki holat joriy yilning 15 mart kuni Parijdan kelgan o‘zbekistonlik ayolda aniqlangandi. Mamlakatda hozirgacha 2100 kishi karantinga olingan

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

799

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing