Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga kecha, 29 may kuni Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi. 

Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” forumlar saroyida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi.

Farrux Zokirovga ordenni Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova topshirdi. 

Qayd etish joiz, “Do‘stlik” ordeni Rossiyada 1994 yil bahorida ta’sis etilgan. U Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning 18 noyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovni  “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.  

Ma’lumot uchun, 78 yoshli Farrux Zokirov bir vaqtning o‘zida 8 ta – O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nomidan “xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangandi. Ordenni Norboyevaga Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko 28 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasining yalpi majlisida topshirgandi. O‘shanda Norboyeva “Bu ordenga albatta munosib bo‘lamiz” (Mi etot orden obyazatelno otrabotayem), deb va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farrux Zokirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing