Prezident huzuridagi akademiya bitiruvchisi Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Fayzullajon Qosimov Farg‘ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bugun, 26 fevral kuni Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat, shahar va tuman kengashlarining qo‘shma sessiyasida viloyat hokimining bu boradagi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Fayzullajon Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Farg‘ona viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash raisining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lanishini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Farg'ona

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing