“Farg‘onalik okaxonlarga bo‘lavermaydi”. Qoidani buzgan IIB xodimi jazolandi

3-sahifa

image

Kecha, 7 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Farg‘onalik okaxonlarimizga bo‘laveradimi?" sarlavhasi ostidagi xabar paydo bo‘ldi. Unda IIBga tegishli mashina yo‘l harakati qoidasini qo‘pol ravishda buzgani haqida ma’lum qilingan. 

Ushbu holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati IIB JTSBga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli, 40 312 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzgan. Ya’ni, suratda 1,4 (To‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi) yo‘l yotiq chizig‘i chizilgan joyda to‘xtab turganligi aks etgan.

Mazkur holat o‘rganilgan. Ushbu mashina biriktirilgan Farg‘ona viloyati IIB JTSB haydovchi xodimiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona IIB

Baholaganlar

557

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing