Farg‘onadagi YTHda yoshi 60 dan oshgan ayollar vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 15 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

15 noyabr kuni soat 12:30 da 61 yoshli M.T. Spark avtomobilida Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘li bo‘ylab Andijon shahridan Qo‘qon shahriga ketayotgan vaqtida, Mehnatobod qishlog‘i hududida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasidagi ikki tomonlama harakatlanish yo‘nalishini ajratuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Oqibatda yo‘lovchi 64 yoshli O.T. (ayol) hodisa joyida, 61 yoshli M.T. (ayol) esa Uchko‘prik tuman TTYO jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.T.ga nisbatan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing