Andijondagi uyda gaz portladi. 18 yashar yigit og‘ir jarohat oldi
Jamiyat
−
20 noyabr 2019
3087Bugun, 20 noyabr kuni kech soat 2:30 lar atrofida Andijon viloyatining Buloqboshi tumani, “Shohguzar” MFY hududida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro H.Esonov xonadonida gaz va havo aralashmasidan portlash yuz berdi.
Mazkur portlash natijasida, H.Esonovning turmush o‘rtog‘i S.Esonova 5 foiz, 2001 yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.Musurmonqulov esa 45 foiz tana qismining kuyishi oqibatida shifoxonaga yotqizildi.
Portlash sabablari “Hududgaz Andijon” MCHJ va tegishli idoralar tomonidan o‘rganilganda, fuqaro H.Esonov xonadoniga qo‘lbola (yumaloq shakldagi) isitish moslamasi o‘rnatib, unga 1,5 metr oddiy rezina shlang ulab foydalanishi hamda rezina shlangning yemirilishi oqibatida, sizib chiqqan gaz xidini sezmasdan elektr chiroqni yoqib yuborishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi.
Hozirda, voqea yuzasidan tuman prokuraturasi va IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanidagi namunali uyda portlash yuz berishi natijasida 2 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.
LiveBarchasi