Farg‘onadagi kafega o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 11 may kuni Farg‘ona shahrida joylashgan kafelardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, soat 12:16 da Farg‘ona shahar “Ibrat” MFY Ahmad Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan “Miraj” kafesida yong‘in bo‘layotganligi yuzasidan 112 tizimi otqali FVB ga xabar kelib tushgan. Yong‘in qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga 12:18 da yetib borib, 12:23 da yong‘in o‘rab olingan va 12:30 da batamom o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Yong‘indan 100 kvadrat maydon saqlab qolingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing