Farg‘onadagi dahshatli YTHda ikki maktab o‘quvchisi ham halok bo‘lgani aytildi
3-sahifa
−
22 Noyabr 2023 8247 1 daqiqa
Avvalroq Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida ISUZU rusumli yuk mashinasi svetoforda to‘xtab turgan Damasʼga borib urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Vafot etganlar soni yana ikki kishiga ortdi. Bu haqda “Zamon” dasturida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan yana ikki nafar shaxs Buvayda tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari bo‘lgan. O‘quvchi qizlar tongda onalariga yordamlashish maqsadida sabzi yulish uchun dalaga ketayotgan bo‘lgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasidan so‘ng Buvayda tumanidagi shoshilinch tibbiyot bo‘limiga jami 10 nafar fuqaro olib kelingan. Ulardan besh nafari ayollar bo‘lgan, yana besh nafari esa o‘quvchilardir. Hozirda 6 kishi shifoxonada davolanmoqda, ularning ayrimlarining ahvoli yomon.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, o‘quvchilarning ota-onalari farzandlari mehnatga jalb qilingani uchun avval ham bir necha marotaba jarimaga tortilgan.
Ushbu holat yuzasidan ISUZU haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr