Farg‘onadagi hayvonot bog‘ida zebra nobud bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ida saqlanayotgan zebra nobud bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hayvon 7 yildan buyon mazkur hayvonot bog‘ida tutqunlikda saqlab kelinayotgan bo‘lgan. Bog‘ direktori ushbu holatga izoh berar ekan, jonzot qarib o‘lganini qayd etgan.

Unga ko‘ra, zebralar asosan 10-15 yil yashaydi, jonzot esa 5 yoshida ushbu bog‘ga olib kelingan va u yerda 7 yil yashab, umumiy 12 yil umr ko‘rgan holda tabiiy ravishda nobud bo‘lgan.

Hozirda viloyat prokuraturasi, Ekologiya boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida dalolatnomaga asosan zebra jasadi tekshirilib, lobaratoriya tahlil ishlari olib borilmoqda.

“Zebralar 1-1,5 yoshida voyaga yetadi. Qo‘lga o‘rganadi, tutqunlikda ko‘payadi. Vaziyatning qulay kombinatsiyasi bilan, tabiiy sharoitda zebralar 10 yilgacha, asirlikda esa 15 yilgacha yashashi mumkin. Qimmatli terisi uchun ko‘plab ovlanishi tufayli soni keskin kamayib ketgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida mazkur hayvonot bog‘ida Qozog‘istondan keltirilgan Maksim laqabli jirafa ham nobud bo‘lgan edi. U anomal sovuq kunlarda shamollab qolgan. O‘sha sovuq sababli bog‘dagi boshqa mayda jonzotlar, xususan qushlar ham nobud bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona hayvonot bog'i Ekologiya zebra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing