Farg‘onada yo‘lovchilar mashinada yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 27 dekabr kuni Farg‘onda haydovchining ehtiyotsizligi sababli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi va ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH 27 dekabr kuni 08:00 larda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hududidan o‘tuvchi 4R-126 “Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon” avtomobil yo‘lining 3-kmda sodir bo‘ldi. haydovchi Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.O. Lacetti rusumli avtomobilini boshqarayotib, rulda uxlab qolish oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va avtomobil to‘liq yonib ketgan.

Natijada, avtomobil yo‘lovchilari Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchilar, 1992 yilda tug‘ilgan D.Sh. va 1999 yilda tug‘ilgan A.A. vaqea joyida halok bo‘lganlar.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

405

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing