Farg‘onada YTH oqibatida yo‘lovchilari bor Spark ag‘anab ketdi
3-sahifa
−
15 avgust 2023
5910Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Spark hamda Cobalt mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hududidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona xalqasi” avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan Spark mashinasi haydovchisi qayrilish uchun yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan asosiy qismiga o‘tishni rejlashtirgan. Shu payt Spark’ning ortidan kelayotgan Nexia haydovchisi unga yo‘l berish uchun tezlikni pasaytirgan.
Ayni paytda avtomobil ortidan kelayotgan Cobalt avtomobili oraliq masofani saqlamaganligi sababli dastlab Nexia, so‘ngra Spark’ga borib urilishi oqibatida Spark ag‘darilib ketgan. YTH sababli Spark mashinasida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda Oltiariq tumani ichki ishlar boshqarmasi YHXG tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 avgust kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 18 yoshli haydovchi halok bo‘lgan edi.