18 yoshli “prava”siz haydovchi YTHda halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Qibray tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 18 yoshli haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 avgust kuni soat taxminan 15:00 atrofida Qibray tumani hududidan o‘tgan 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 18 yoshli M.Z. onasiga tegishli bo‘lgan Spark rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan 18 yoshli yo‘lovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. 

Mazkur YTH bo‘yicha Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyul kuni poytaxtda 17 yoshli o‘smirni Malibu-2 mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Qibray

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing