Farg‘onada YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘onada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

2023 yilning 5 yanvar kuni soat 11:00 da “Oqtepa” mahallasi hududida 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro R.M. boshqaruvidagi Nexia-2 mashinasi bilan 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro M.R. boshqaruvidagi Damas to‘qnashib ketgan. 

Damas haydovchisi M.R. olgan tan jarohati oqibatida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing