Farg‘onada YPX xodimi Spark'ni to‘xtatish uchun oynasini sindirdi
3-sahifa
−
14 aprel 2023
12506Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati xodimi bo‘ysunishni istamagan haydovchini to‘xtatish uchun uning avtomobili orqa-yon oynasini sindirgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea bugun, 14 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida sodir bo‘lgan. Tumanning Bekobod qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lida davlat raqami belgisiz, yon oynalari tusi o‘zgartirilgan Spark harakatlanayotgani haqidagi xabar YPX inspektori A.A.ga kelib tushgan.
Inspektor avtomobilni to‘xtatish choralarini ko‘rgan. Biroq haydovchi uning talablariga bo‘ysunmay, mashinadan tushmagan.
Ushbu vaziyatda inspektor mavjud talablarga asoslanib, kuch bilan mashina oynasini sindirgan va haydovchini to‘xtatib qolgan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angrenda YPX xodimi haydovchi bilan kelisholmay mashina oynasini sindirgandi.
LiveBarchasi