Angrenda “GAI” haydovchi bilan kelisholmay mashina oynasini sindirdi
3-sahifa
−
23 yanvar 2022
19031
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahrida maxsus reyd tadbiri davomida “GAI” haydovchi bilan kelishmovchilik paytida mashina oynasini sindirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot kotibi Bobur To‘laganov izoh berdi.
Qayd etilishicha, YPX inspektori haydovchiga “Xavfsiz hudud” maxsus tadbirida ekani haqida aytgan, fuqaro esa u tarafga sigareta puflaganicha hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan.
Inspektor xolislar ishtirokida bir necha marta, yaxshi muomala bilan, undan hujjatlarini taqdim etishni so‘ragan. So‘ng mashina eshigini ochmoqchi bo‘lganida haydovchi uning qo‘lini eshik oynasiga qisib olib, tutqichni buragan.
"Endi xolis fikringizni ayting, shu vaziyatda YPX inspektori haydovchini tekshirmasligi, mayli hujjat bermas ekanlar deb qo‘yib yuborishi kerakmidi?", deydi Matbuot kotibi.
Xabarga ko‘ra, "Xavfsiz hudud" tezkor profilaktik tadbiri odatda kriminogen vaziyati yuzasidan huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik, nisbatan ko‘paygan hududlarda tashkil etiladi.
"Deylik, shu hududda qidiruvdagi jinoyatchi, huquqbuzar yoki noqonuniy mahsulotlarni olib o‘tish holatlari bor va maxsus nazorat tadbiri o‘tkazilyapti.
Shu kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida tadbirga jalb etilgan xodimlarga haydovchi hujjat bermasa, u tekshirilmay qo‘yib yuborilsa, keyinchalik shu yerda jinoyatchilikni avj olishi o‘zimizga yoki biror yaqinimizga ham ta’sir ko‘rsatmasligi kafolati bormi?", deydi Matbuot kotibi.
Shuningdek, Bobur To‘laganov blogerlardan ma’lumotni to‘g‘ri talqin qilish va aniqlik kiritib olgandan keyin tarqatishini so‘radi.
LiveBarchasi