Farg‘onada yigit tanishini pichoqladi, uning sherigini esa mashina bosib ketdi
3-sahifa
−
03 Oktabr 2025 12069 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi avtoturargohda pichoqbozlik bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 1 oktyabr kuni tumandagi avtoshoh bekatida yuz bergan. 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro I.I. tanishi – 1998 yilda tug‘ilgan S.Q. bilan o‘rtalarida oldindan mavjud bo‘lgan nizo yuzasidan gaplashib olmoqchi bo‘lib, M.A. bilan birga aytilgan manzilga borgan va janjallashib ketgan. O‘rtadagi janjalda sovuq qurol yordamida S.Q.ga tan jarohati yetkazilgan.

Voqeaga S.Q.ning tanishi B.M. aralashib, o‘zining Yequinox avtomashinasida M.A.ni bosib ketgan. Oqibatda, S.Q. va M.A.lar shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voqeaga aloqador shaxslarni ushlash chorasi ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida qaynuka pochchasini o‘ldirib, jasadini qopda qabristonga ko‘mish uchun olib ketayotgan payt qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025