Farg‘onadagi yong‘inda 2 kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida 3 ta avtomobil yonib ketdi va oqibatda 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 iyun kuni soat 22:16 da viloyat FVBga “112” tizimi orqali Yozyovon tumani “Soy bo‘yi” MFY hududida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Soy bo‘yi” MFYda joylashgan noturar qarovsiz binodan 60 kv.m maydon va 3 ta avtomobil (Labo, Hyundai, Mercedes-benz rusumli) yonib zararlangan.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman FVB mas’ul xodimlari va hamkorlikdagi xizmatlar mas’ullari chiqqan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, mazkur yong‘in oqibatida 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 3 nafar fuqaro esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Farg'ona Yozyovon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing