Sirdaryoda mebel sexi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida kecha, 14 iyun kuni mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 21:36 da Guliston shahar “Bo‘ston” MFYda joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida ushbu binoning taxminan 55 kv.m maydonida tom-shift qismi va ichki jihozlari yongan. Qutqaruvchilar tomonidan sexning taxminan 220 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Bildirilishicha, yong‘indan kuygan va tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi dorixonada yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida dorixonaning 40 kv.m maydonida ichki va tom qismi hamda dorixonaga yaqin joyda bo‘lgan Rishton tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasining 70 kv.m maydonida tom qismi yongan va zararlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sirdaryo mebel' tsex

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing