Farg‘onada yong‘in chiqqan “dom”dan 7 kishi qutqarildi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli xonadonlardan birida yuz bergan yong‘inda 7 kishining hayoti qutqarildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 1 fevral kuni soat 06:59 da Farg‘ona shahar “Navoiy” MFY S.Temur ko‘chasi 39v- uyning xonadonlaridan biri yonayotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan. Yong‘inga 3 ta yong‘in qutqaruv ekipaji soat 07:02 da yetib borib, soat 07:03 da alangani o‘rab olgan va 07:05 da olov batamom o‘chirilgan.

Bildirilishicha, sodir bo‘lgan yong‘inda yuqori qavatlardagi qo‘shni xonadonlarda nafas olishga yaroqsiz hududda qolib ketgan 7 nafar fuqaro yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz hududga olib chiqilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent City hududidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Ushbu yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing